Global Firepower Index 2024: Qozogʻiston Oʻzbekistonni quvib oʻtib, Markaziy Osiyoning eng kuchli armiyasi boʻldi

Saqlash
20:35 / 10.01.2024 1564 3

Global Firepower Index indeksi dunyodagi har bir davlatning umumiy harbiy qudrati belgilab boriluvchi reytinglardan biri. Indeks 2023-yildagi dunyo mamlakatlari harbiy reytingini eʼlon qildi.

 

Reytingda doimgidek AQSH, Rossiya va Xitoy yetakchilik qilgan.

 

Postsovet davlatlari orasida esa jiddiy oʻzgarish yuz bergan. Shu paytga qadar postsovet mamlakatlari ichida uchinchi oʻrinni egallab kelayotgan Belorus bu yil 64-oʻrinni band qilib, uchinchilikni Qozogʻistonga boʻshatib bergan. Qozogʻiston reytingda nafaqat Belorus, balki Ozarboyjon (59-o‘rin) va Oʻzbekistondan ham (65-oʻrin) oʻtib ketib, 58-oʻrinni egallagan. Shu tariqa Oʻzbekiston armiyasi Global Firepower reytingidagi Markaziy Osiyoning eng kuchli armiyasi “tituli”dan ayrilgan va sobiq sovet davlatlari orasida oltinchi oʻrinni qayd etgan.

 

Global Firepower Index 2023 reytingida Oʻzbekiston 62, Qozogʻiston 63-oʻrinni egallagan edi.

 

Markaziy Osiyoning qolgan davlatlari reytingdagi quyidagicha joylashgan: Turkmaniston 83-oʻrin, Qirgʻiziston 100-oʻrin, Tojikiston 107-oʻrin.

 

Global Firepower reytingida 50 faktor baholanadi, asosiylari: mudofaaga mablagʻ sarflanishi darajasi (Oʻzbekiston mudofaa byudjeti qariyb 10 trillionni tashkil etgan), texnika va uskunalar arsenali, armiya soni, tanklar, kemalar, samolyotlar va boshqa harbiy texnikalarning soni, neft mahsulotlari mavjudligi va armiya xavfsizligiga aloqador boshqa faktorlar. Reytingda davlat geografik xususiyatlari (dengizga kirish), ishlab chiqarish va baʼzi resurslarning isteʼmoli (neft) ham hisobga olinadi. Yadro qurollari esa hisobga olinmaydi.

3 Izohlar

Толиб

21:01 / 10.01.2024

Бу рақамлар биз учун аҳамиятли эмас. Муҳуми ўзбек ўғлонларининг куч ва матонатида. Уларнинг куч қудрати ва матонатларини жаҳон миқёсида ўтказиб келинаётган мусобақалардан кўриш мумкин. Лекин Қозоғистоннинг ҳеч қайси бир мусобақаларда ўрин олганини эшитмадик ёки ўқимадик. Мен қўрқмас ва ботир ўзбек ўғлонларининг куч қудратига ишонаман.

SAID VALIYEV

21:01 / 10.01.2024

Aynan qaysi kriteriyalar asosida shakillantirilgan? Yil davomida harbiylarimiz turli musobaqalarda nufuzli orinlarni olishdi Janubiy Koreyada va Buyuk Britaniyada. Qozogiston esa bunday natijani ozi yoq !

Jamshid

21:01 / 10.01.2024

O'zbekiston armiyasi hamisha birinchilikda. Yurtimiz harbiylari hamisha o'z kuch qudratini rivojlangan mamlakatlar o'rtasidagi musoboqalarda ko'rsatib kelishgan.

Izoh qoldirish

//