“Tinchlik, hamjihatlik va taraqqiyot kafolati” mavzusida tadbir o‘tkazildi

Saqlash
16:46 / 07.12.2021 1063 0

Kecha, 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Tinchlik, hamjihatlik va taraqqiyot kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Respublika tojik milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi  rahbarining birinchi o‘rinbosari Muhammadjon Quronov tadbirni ochib berdi va  Qomusimizning yaratilish tarixi, uning ahamiyati haqida batafsil to‘xtaldi.

Shundan so‘ng Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining yoshlar ishlari bo‘yicha prorektori Bahodir Xoliqov, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi Nodira Jonibekova, “Slavutich” Ukraina Respublikasi madaniyat markazi raisi Vladimir Boyko so‘zga chiqib, bugungi kunda jamiyatimizda ro‘y berayotgan ayrim qonunbuzarliklar, qonunlarga kiritilgan o‘zgarishlar haqida keng tushunchalar berib o‘tdilar.

 

Tadbir davomida Ahmad Zakiy Validiy nomidagi Boshqird jamoat madaniy markazi raisi o‘rinbosari Nurida Tuganova ijrosida “Salqin chay” qo‘shig‘i ijro etildi, “Agedel” jamoasi tomonidan esa chiroyli raqs namoyish etildi. Ozarboyjon Respublikasi milliy madaniy markazi sozandasi Ilhom Abdullayev va “Nihol” mukofoti sovrindori Samandar baxshining badiiy chiqishlari davraga fayz bag‘ishladi.

 

Kecha yakunida talabalar uchun viktorina o‘tkazildi va g‘oliblarga markaz tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//