Qozog‘istonda “O‘zbek kinosi kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Saqlash
15:18 / 07.12.2021 1738 0

6-8-dekabr kunlari Qozog‘istonda “O‘zbek kino kunlari” bo‘lib o‘tadi. Unda taniqli kinoijodkorlardan iborat o‘zbek delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olingan o‘zbek filmlari Qozog‘iston milliy telekanallarida namoyish etiladi. O‘zbek telekanallarida esa qozoq milliy filmlarining namoyishlari bo‘lib o‘tadi. 

 

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida madaniy hamkorlik aloqalarini yanada tiklash maqsadida tashkil etilmoqda.

 

Tadbirning birinchi kunida Kinematografiya agentligi hamda "Vatan" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Hilol Nasimovning “Meros” hamda qolgan kunlari Jahongir Qosimovning "Kinomaniya" studiyasi tomonidan suratga olingan “Ibrat”, Rashid Malikovning "Tutqunlik" filmlarining maxsus namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek delegatsiyasida Agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligida rejissyor Hilol Nasimov, aktyorlar Karim Mirhodiyev, Fotih Nasimov, aktrisalar Gavhar Zokirova, Aysanem Yusupova, kulgi ustasi Boltavoy Toshmatov, estrada xonandasi Rayhon Gʻaniyeva va boshqalar ishtirok etishmoqda.

 

Shuningdek, Quanishbayeva nomidagi milliy akademik drama teatrida ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, kinoijodkorlar bilan mahorat darslari, animatsion va hujjatli filmlar namoyishlari o‘tkaziladi.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda o‘zbek va qozoq ijodkorlari hamkorlikda "Meros" badiiy filmi va "Abay so‘zi" hujjatli kartinalarini suratga olishgan edi. "O‘zbek kinosi kunlari" doirasida hamkorlikdagi yangi filmlar “Qo‘shnilar” hamda “Eshelonlar Sharqqa ketadi” kinoloyihalarining muhokamasi ham bo‘lib o‘tadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//