“Vatan madhi yangrar dilimda” tanlovi gʻoliblari aniqlandi (roʻyxat)

Saqlash
15:12 / 27.12.2023 1334 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Vatan madhi yangrar dilimda” mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy joʻr boʻlib kuylash tanlovini eʼlon qilganidan xabaringiz bor.

 

Oyina.uz portalining telegramdagi @oyinauz_bot manziliga yuborilgan videolavhalar Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilib, eng yaxshi ijodiy ishlar saralandi.

 

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, tanlovda asosiy o‘rinlardan tashqari oliy o‘rin (sovrinsiz) va rag‘batlantiruvchi mukofotlar joriy qilindi.

 

Oliy o‘rin bilan yuksak professionalizmi uchun Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti jamoasi taqdirlandi.

 

1-oʻrin – Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari jamoasi,

 

2-oʻrin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanidagi 3-maktab o‘qituvchilari jamoasi,

 

3-oʻrin – Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 8-maktab o‘qituvchilari jamoasi.

 

Eslatib oʻtamiz, gʻoliblar 1-oʻrin uchun 50 oʻlchamli televizor, 2-oʻrin uchun 43 oʻlchamli televizor, 3-oʻrin uchun 32 oʻlchamli televizor bilan mukofotlanadi.

 

Rag‘batlantiruvchi mukofot sovrindorlari Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi 29-maktabning 3-sinf o‘quvchilari hamda Samarqand shahridagi 80-maktab o‘quvchilari jamoasi kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish