“Vatan madhi yangrar dilimda” tanlovi eʼlon qilindi

10:12 / 07.12.2023 2572
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda “Vatan madhi yangrar dilimda” mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy joʻr boʻlib kuylash tanlovini eʼlon qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi belgilangan tartibda jamoaviy joʻr boʻlib kuylangan videolavha internetdagi ochiq manbalar, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda eʼlon qilinadi.

Soʻngra videorolik havolasi (linki) va ishtirokchi jamoa haqidagi maʼlumotlar, bogʻlanish uchun telefon raqamlari 2023-yil 12-dekabr soat 18:00 gacha “Oyina.uz” portalining telegramdagi @oyinauz_bot manziliga yuboriladi.

Boshqa turli yoʻllar bilan yoʻllangan materiallar Hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqilmaydi! Ishtirokchi Oyina.uz portalida o‘tkazilgan avvalgi tanlovlarda ham gʻolib boʻlgani aniqlansa, tanlovdan chetlashtiriladi.

Videolavha formati MPG, MPEG, AVI, MOV, WMA, MP4 boʻlishi kerak. Talabga javob bermaydigan, tegishli maʼlumotlari toʻliq boʻlmagan ishlar ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlovda 1, 2, 3-oʻrin gʻoliblari aniqlanadi va quyidagi tartibda mukofotlanadi:

1-oʻrin – televizor (50 oʻlchamli),

2-oʻrin – televizor (43 oʻlchamli),

3-oʻrin – televizor (32 oʻlchamli).

Hakamlar hayʼati tavsiyasiga asosan ragʻbatlantirish mukofotlari berilishi mumkin.

Tanlov gʻoliblari “Oyina.uz” portalida eʼlon qilinadi.

2 Izohlar

Lobar

21:12 / 08.12.2023

Men maktabda o'qituvchi bo'lib ishlayman,o'quvchilar bilan jo'rlikda Aytib yuborsam ham bo'ladimi?

Lobar

20:12 / 08.12.2023

Assalomu alaykum, biz ham qatnashamiz

Izoh qoldirish