O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida dam olish kunlari kuchli qum bo‘roni kuzatiladi

Saqlash
22:28 / 13.08.2021 1111 0
Foto: tj.sputniknews.ru


Bu haqda respublika Gidrometeorologiya agentligiga asoslanib, "Sputnik Tojikiston" xabar berdi. Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, 14 va 15 avgust kunlari respublikaning ayrim viloyatlarida shamol 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati bilan chegaradosh Xatlon viloyatini shu kunlari kuchli qum bo‘roni va tuman qoplaydi. Havo harorati 29 dan 33 gacha, ba’zi joylarda esa 35 darajagacha ko‘tariladi.

Shunga kabi issiqlik to‘lqini So‘g‘d viloyatida ham kuzatiladi. Tog‘li Badaxshon avtonom viloyati hududida esa havo sovuqroq bo‘ladi — taxminan 23 daraja. Bundan tashqari, momaqaldiroq bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//