Jamiyat
Surxondaryo viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kengash aʼzolari, mahalliy davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, nuroniylar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan yigʻilishda viloyatda “Maʼnaviyat sektori”ni tashkil etish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.
Prezidentimizning joriy yil 16–17-noyabr kunlari viloyatga tashrifi chogʻida vohada “Maʼnaviyat sektori”ni tashkil etish boʻyicha “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish vazifasi belgilab berilgan edi. Shunga muvofiq kengaytirilgan yigʻilishda sektor faoliyatini yoʻlga qoʻyish va uning asosiy vazifalari xususida fikr almashildi.
Surxondaryo viloyati hokimi – viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi Ulugʻbek Qosimov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov shu haqda atroflicha maʼlumot berdi.
Viloyatda yangi tashkil etilayotgan “Maʼnaviyat sektori” ayni paytda faoliyat yuritayotgan toʻrtta sektorga qoʻshimcha alohida ijro hokimiyatining kollegial organi, viloyat, tuman va shahar Kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida tashkil etilib, barcha hududlarda ish yuritadi.
Kengaytirilgan yigʻilishda beshinchi sektor ishini keng yoʻlga qoʻyishda amalga oshiriladigan muhim vazifalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q