Siyosat
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 3-dekabr kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolmga amaliy tashrifi doirasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Helga Shmid bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda Oʻzbekiston va YXHT oʻrtasidagi hamkorlik sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilgani qayd etilgan. Transmilliy tahdidlarga qarshi kurash, davlat boshqaruvining samaradorligi va shaffofligini oshirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, yashil iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash va atrof-muhitni muhofaza qilish, inson huquqlarini himoya qilish, gender tengligi tamoyillarini ilgari surish kabi yoʻnalishlarda konstruktiv muloqotni faollashtirishdan tomonlarning birday manfaatdor ekani taʼkidlangan.
Qayd etilishicha, Afgʻoniston masalasi, jumladan, ushbu mamlakatni nizodan keyingi tiklash boʻyicha tashkilotning oʻzaro kelishilgan pozitsiyasini ishlab chiqish zarurligi qayd etilgan.
Shuningdek, Helga Shmid YXHTning Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻtkaziladigan Markaziy Osiyoda BMT Global terrorizmga qarshi kurash strategiyasining 10 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiyaning tashkilotchilaridan biri sifatida ishtirok etishga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q