Siyosat
Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov 2022-yilning 1-yanvaridan ish boshlashi koʻzda tutilgan va ayni kunga qadar saralab olingan “hokim yordamchi”lari bilan suhbatlashdi. Bu haqida tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Hokim dastlab ularga ishni nimadan boshlash haqida maslahat bergan boʻlsa, soʻngra “hokim yordamchi”lari masʼuliyati haqida toʻxtaldi.
“Siz oʻta masʼuliyatli va shaxsan Prezidentimiz ishonib topshirayotgan lavozimda ish boshlaysiz. Shu bois mehnatingiz va sadoqatingiz bilan xalqning mushkulini oson qiling. Odamlarning mehrini qozonib, hokim va vazir lavozimlariga ham munosib ekanligingizni koʻrsating. Shaxsan men hozir hokim lavozimini bajarayotgan boʻlsam-da, ertaga Prezidentimiz qabriston qorovulligini bajarasan, desalar ham, ishonchni oqlab, astoydil ishlab, sadoqatimni koʻrsataman. Bu lavozim ham Siz uchun imkoniyat eshigi, undan foydalaning”, – degan tuman hokimi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q