Jamiyat
Elektr energiyasi yo‘qotishlari 20 foizdan yuqori bo‘lgan hududiy rahbarlar lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Prezident topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tarmoq rahbarlari, hududiy elektr va gaz korxonalari mutasaddilari ishtirok etib, energiya samaradorligi va energiya resurslari yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Hozirda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi o‘rganishlari asosida hududlarda ishchi guruhlar tuzilgan. Ular 106 ming 140 ta transformator punktining texnik holatini o‘rganib, 25 ming 668 tasi ta’mirtalab ekanini aniqlagan. Hozirda ularni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, yuqori yuklamali tarmoqlarda simlarni almashtirish, zarur hududlarda elektr tarmoqlarini tezkor modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, noqonuniy holatlarning oldini olish choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish loyihasini jadallashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali rahbarini ishdan olish bo‘yicha topshiriq berildi.
Shuningdek, yoz va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni kuchaytirish, mavjud muammolarni oldindan bartaraf etish, gaz quyish shoxobchalarini “UGaz” tizimiga ulashni tezlashtirish, gaz ta’minoti tizimi barqarorligini ta’minlash hamda aholiga uzluksiz va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida elektr energiyasi yo‘qotishlari 20 foizdan yuqori bo‘lgan hududlar kesimida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Andijon filialidagi 14 ta, Jizzaxdagi 7 ta, Samarqanddagi 10 ta, Qashqadaryodagi 4 ta, shuningdek Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona filiallaridagi 2 tadan tuman va shahar elektr korxonalari rahbarlari lavozimidan ozod etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112214
Jamiyat
94890
Jamiyat
90978
Jamiyat
75755
Jamiyat
//
Izoh yo‘q