Toshkent metrosining yerusti halqa yo‘lida poyezdlar vaqti uzaytirildi

Saqlash
14:03 / 01.05.2026 38 0

1-maydan boshlab Toshkent metropolitenining yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati har kuni soat 05:00 dan 23:00 ga qadar davom etadi.

 

Avval ushbu yo‘nalishda metro poyezdlari shu vaqtga qadar ertalab soat 06:00 dan 23:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelgan. Endilikda yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish va qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida qatnov vaqti bir soatga uzaytirildi.

 

Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining boshqa yo‘nalishlarida — Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod liniyalarida poyezdlar harakati har kuni ertalab soat 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar amalga oshirilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//