Oʻzbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari maʼlum qilindi

Saqlash
23:08 / 03.12.2021 937 0

Davlat statistika qoʻmitasi 2021-yil 1-dekabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini eʼlon qildi.

 

Unga koʻra, oʻrganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

 

suyakli mol goʻshti (1 kilogramm) — 45000–68000 soʻm;

 

qoʻy goʻshti (1 kilogramm) — 52000–80000 soʻm;

 

kartoshka (1 kilogramm) — 3000–7000 soʻm;

 

piyoz (1 kilogramm) — 1000–4000 soʻm;

 

sabzi (1 kilogramm) — 1000–5500 soʻm;

 

tuxum (10 dona) — 7000–15000 soʻm;

 

guruch (1 kilogramm) — 5000–17 500 soʻm;

 

oʻsimlik yogʻi (1 litr) — 14000–24000 soʻm;

 

shakar (1 kilogramm) — 7800–10500 soʻm.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//