Iqtisod
Oʻzbekiston Markaziy banki 2023-yil uchinchi choragi uchun isteʼmol kayfiyati sharhini eʼlon qildi. Tadqiqotda respondentlarning daromadlari va xarajatlari, ularning jamgʻarmaga moyilligi, shuningdek, kelajakdagi ehtiyojlari tahlil qilingan.
Qayd etilishicha, 2023-yilning III choragida isteʼmol kayfiyati indeksi (IKI) 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻzgarishsiz shakllanib, 24,3 bandni tashkil etgan.
Oʻzbekistonliklarning aksariyat qismi mablagʻlarini taʼlim (15,8 foiz), uy-joy taʼmiri (6,6 foiz), avtomobil (18,2 foiz), davolanish (11 foiz), uy-joy xaridi (3,9 foiz) hamda maishiy texnika xaridiga (6,3 foiz) sarflagan.
Kelgusi oylarda respondentlarning 10,6 foizi pul mablagʻlarini uy-joy taʼmiriga, 15,3 foizi — taʼlimga, 9,6 foizi — avtomobil xaridiga, 8,3 foizi — davolanishga, 7,6 foizi — koʻchmas mulkka, 8,3 foizi — toʻyga sarflash niyatida.
Kelgusida daromadlari koʻpayishini kutayotganlar ulushi oʻtgan yilning mos davri darajasida shakllanib, 65 foizga teng boʻlgan. Daromadi oshishini kutayotgan respondentlarning koʻpchiligi 5-7 million soʻm, 7-10 million soʻmgacha va 10 million soʻmdan yuqori daromadga ega guruhlarga toʻgʻri kelgan. Daromadi nisbatan pastroq (2 million soʻmgacha va 2-3 million soʻm) boʻlgan aholi vakillarining kelgusida daromadi ortishi boʻyicha kutilmalari qolgan daromad guruhlariga nisbatan ijobiy shakllangan.
Mart oyida PMTI ekspertlari Oʻzbekistonda insonlarning hayoti davomida isteʼmol xarajatlari va daromadlari, oʻzgarish xususiyatlari hamda qarz munosabatlariga kirishish holatini tahlil qilgandi. Unga koʻra, mamlakatdagi yosh oilalar daromadining asosiy qismini qarz toʻlashga sarflayotgani maʼlum boʻlgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q