
Jamiyat
Termiz shahridagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot maktabida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” respublika tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tadbir Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Milliy gvardiya, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi va “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan imzolangan qoʻshma qaror doirasida tashkil etildi.
Tanlovda viloyatning turli hududlaridan kelgan nomzodlar “Adabiyot va publitsistika”, “Tasviriy va amaliy sanʼat”, “Milliy maqom va milliy estrada” yoʻnalishida oʻz mahoratini namoyish etdi.
Tanlov gʻoliblariga Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Surxondaryo viloyat boʻlimi tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida yoshlar ijodiga oid amaliy sanʼat namunalari koʻrgazmasi tashkil etildi.
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Bilolxõja
12:01 / 01.01.1970
MEN SHU TANLOVDA ISHTIROK ETIB 1-ÕRINNI OLAMOQCHIMAN