Oʻzbekistonda 3-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

Saqlash
21:36 / 02.12.2021 995 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi 3-dekabr, juma kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi esa 16-18 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi esa 3-8 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi esa 12-17 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi esa 13-18 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi esa 17-22 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi esa 13-18 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi esa 5-10 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//