Shavkat Mirziyoyev AQSh delegatsiyasini qabul qildi

Saqlash
15:00 / 24.10.2023 1410 1

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Delegatsiya Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSHning vazirlar darajasidagi taraqqiyot masalalari boʻyicha uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatda boʻlib turibdi.

Konstruktiv va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekistonda USAID bilan hamkorlikda sogʻliqni saqlash, taʼlim, “yashil” energetika, agrobiznes va boshqa yoʻnalishlarda bir qator loyihalar roʻyobga chiqarilgan va davom ettirilyapti.

Suhbat chogʻida joriy yilning sentabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi sessiyasi doirasida boʻlib oʻtgan C5+1 formatidagi davlat rahbarlari sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

1 Izoh

Jumabek

17:10 / 24.10.2023

Xorijiy mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalarimizni yaxshilashimiz kerak albatta

Izoh qoldirish

//