Jamiyat
2023-yil 1-noyabrdan avtomobil raqamlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov stavkasi oshiriladi.
Toʻlov stavkalari quyidagi miqdorda belgilanadi:
avtotransport vositalariga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari (ROʻDRB) uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;
mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga ROʻDRB uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida;
tranzit ROʻDRB uchun – BHMning 25 foizi miqdorida;
yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft ROʻDRB oʻrniga yangi ROʻDRB berish uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;
yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona ROʻDRB oʻrniga yangi ROʻDRB berish uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida.
Oʻzbekistonda soʻnggi marotaba davlat raqami belgilarini berish uchun toʻlov miqdori 2011-yilda belgilangan va shundan buyon oʻzgarmagandi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q