O‘zbekistonga Misrdan insonparvarlik yordami tariqasida dori vositalari olib kelindi

Saqlash
21:05 / 23.10.2023 1404 0

Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha O‘zbekiston prezidentining Misrga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar hamda davlat rahbarining С gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davlat hisobidan davolash bo‘yicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

 

“Sofosbuvir-400 mg” dori vositasining navbatdagi turkumini O‘zbekistonga jo‘natish bo‘yicha kelishuv 2023-yil 3-oktyabr kuni mamlakat diplomatlarining Misr sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Muhammad Hasaniy bilan olib borgan samarali muzokaralari natijasi bo‘ldi.

 

Muhammad Hasaniy muloqot chog‘ida O‘zbekistonda gepatit C dan davolanayotgan bemorlarga ko‘mak berishni davom ettirish uchun Misr Sog‘liqni saqlash vazirligida joriy loyihani davom ettirishdan mamnunligini va humanitar yordamning 16-partiyasi doirasida С gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositalarini yetkazib berilishini bildirgandi.

 

Umumiy qiymati 38 ming 456 AQSH dollariga teng bo‘lgan 3680 dona “Sofosbuvir-400mg” dori vositalari 21-oktyabr kuni Sharm ash-Shayxdan Toshkentga olib kelindi.

 

Ushbu dori vositalarini yetkazib berish 29-aprel kuni boshlangan, 23-sentyabr kuni dorilarning 15-partiyasi yetkazib berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//