Siyosat
Diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan O‘zbekiston elchisi Otabek Akbarov Rim shahrida Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirining o‘rinbosari Edmondo Chiriyelli bilan uchrashdi, deya xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.
Edmondo Chiriyelli diplomatik missiya rahbarining besh yillik faoliyatini ijobiy baholagan va Italiya TIV nomidan ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ularga ko‘p qirrali va barqaror tus berish borasidagi sa’y-harakatlari uchun Akbarovga minnatdorchilik izhor qilgan.
“O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 8-9 iyun kunlari Italiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya qabul qilinganining ahamiyati ta’kidlandi. Shu tariqa Italiya G‘arbiy Yevropa davlatlaridan birinchi bo‘lib O‘zbekiston bilan bunday yuksak darajadagi aloqalarni o‘rnatdi. Deklaratsiyaga ko‘ra, tashqi ishlar vazirlari darajasida ikki tomonlama munosabatlarning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarining butun majmuasini, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro masalalarni qamrab oluvchi Strategik muloqot mexanizmi shakllantiriladi”, deyiladi xabarda.
2018 yil avgust oyida O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlangan Otabek Akbarov bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Gretsiyadagi elchisi hamda respublikaning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP)dagi doimiy vakili sifatida ham faoliyat yuritgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q