Jamiyat
Surxondaryo viloyatida “VAZ-2106” (“Jiguli”) rusumli avtomashinaning gaz balloni portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” nashriga viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot kotibi Elnur Abrayev ma’lum qilgan.
Hodisa 19-oktabr kuni Denov tumanidagi “Denov-Mobil” MCHJga qarashli gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.
Haydovchi tanishining mashinasi yordamida “Jiguli”ni yonilg‘i quyish shoxobchasiga haydab kelgan. Mashinaga metan gazini quyish paytida unga o‘rnatilgan propan balloni portlab ketgan.
Oqibatda yonilg‘i quyish shoxobchasi xodimi (1980-yilda tug‘ilgan) va mashinani shoxobchaga yetkazishga yordam bergan ikkinchi haydovchi (1998-yilda tug‘ilgan) voqea joyida halok bo‘lgan. “Jiguli” haydovchisi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Surxondaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112436
Jamiyat
95096
Jamiyat
91317
Jamiyat
76014
Jamiyat
//
Izoh yo‘q