Jamiyat
26 oktyabrda respublika hududiga Volgabo‘yi hududlaridan nam havoning yangi qismi kirib kelishi kutilmoqda. Markaziy, janubiy va sharqiy hududlarda yana yomg‘ir yog‘adi, harorat +15...+20 darajagacha pasayadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
23 oktabr kuni havo harorati 13-18 daraja atrofida, ba’zi joylarda 20 darajagacha iliq bo‘ladi. Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
24—25-oktyabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib, kunduz kunlari havo 22-25 darajagacha, janubda 27 darajagacha isiydi.
26-oktyabrda respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam havoning yangi qismi kirib kelishi kutilmoqda. Markaziy, janubiy va sharqiy hududlarda yana yomg‘ir yog‘adi, harorat 15-20 darajagacha pasayadi.
27-oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 17-22 daraja bo‘ladi.
Ushbu hafta davomida harorat kechalari 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Toshkentda 23-oktyabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat 14-16 daraja bo‘ladi. 24—25-oktyabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-24 darajagacha ko‘tariladi. 26-oktyabrda yomg‘ir yog‘adi, harorat 16-18 daraja bo‘ladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q