Siyosat
Navoiy viloyatining Qiziltepa va Xatirchi tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
Viloyat hokimligining xabar berishicha, Bobomurodov Bekzod Nuriddinovich Qiziltepa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U 1983-yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Xo‘jand davlat universiteti hamda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida u Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy birlashmasi raisi, Navoiy viloyati qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi direktori, “Qishloq qurilish invest” MCHJ injiniring kompaniyasi Navoiy viloyat filiali direktori kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar esa Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, viloyat hokimining buyrug‘i bilan Umidjon Adizov Xatirchi tumani hokimi etib tayinlandi.
Polkovnik Adizov ushbu tayinlovga qadar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Undan avval Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Hozirgacha Xatirchi tumaniga Toshkent viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Nizamov Sayfiddin rahbarlik qilib kelayotgandi.
Bulardan tashqari, Kamolov Erkin Shamsiddinovich Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q