Jamiyat
O‘zbekistonda endi bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas. Endilikda yo‘llanmani shakllantirishda ota-onaga bog‘cha rahbariga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan SMS kod yuboriladi. Bu vaqtni va, hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga 6 tonna qog‘ozni tejaydi.
“O‘zbekiston Adliya vazirligi, Maktabgacha ta’lim agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish tartibini soddalashtirdi”, deya xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.
Yaqin vaqtgacha ota-onalar Davlat xizmatlari markazidan yo‘llanma olishi kerak bo‘lib, (agar ariza markaz orqali topshirilgan bo‘lsa), bu vaqt va pul talab qilar edi.
Endilikda yo‘llanma shakllanishi bilan ota-onaga ariza raqami va maxfiy kod SMS xabar shaklida yuboriladi. Ular ushbu kod bilan bolalar bog‘chasiga borib, uni bog‘cha mudiriga ko‘rsatish kifoya.
“Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari yo‘llanmani tasdiqlovchi maxfiy kod taqdim etmaguningizcha yo‘llanmani ko‘ra olmaydi va bu korrupsiya holatlarining oldini oladi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda 2022-yilda bog‘chaga 1,405 milliondan ortiq, 2023-yilning to‘qqiz oyida esa 1,022 million yo‘llanma berilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu o‘zgarish amaliyotga joriy etilsa, yiliga 1,2 milliondan ortiq (6 tonna) qog‘oz tejalishiga erishiladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q