O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Saqlash
03:40 / 22.10.2023 1938 0

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi va O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. 


Konsertda til, millat va yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan ko‘plab yurtdoshlarimiz, xususan yoshlar va xorijlik mehmonlar ishtirok etdilar.


Dastur davomida o‘zbek millatining san’at va madaniyatini tarannum etuvchi turfa musiqiy namoyishlar, videomateriallar va sahna ko‘rinishlari havola etildi. 


Ayniqsa, “Biz bir xalqning farzandlarimiz” nomli sahna namoyishi tomoshabinlar e'tiborini tortdi. Namoyishda O‘zbekistonda yashab, munosib faoliyat yuritayotgan bir qancha boshqa millat vakillari o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Koreys millatiga mansub yigitning quyidagi iborasi olqishlarga sazovor bo‘ldi: “Men koreysman, lekin yuragim o‘zbekcha uradi!”


Oyina.uz’ni Telegramda kuzating!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//