Madaniyat
21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, xalqimiz keyingi yillarda bu sanani "O‘zbek tili bayrami" kuni sifatida keng nishonlamoqda.
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni erta tongdanoq yurtdoshlarimiz, turli tashkilotlarning vakillari bilan gavjum boʻldi.
Bu yerda ona tilimizni jahon miqyosida ulugʻlashga katta hissa qoʻshgan zot, alloma shoir bobomizga hurmat va ehtirom ramzi sifatida ulugʻ shoir haykali poyiga gullar qoʻyildi.
Tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi, vazirlik va idoralarning vakillari, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari ishtirok etdi.
Darhaqiqat, keyingi yillarda ona tilimizga boʻlgan eʼtibor yangicha bosqichga chiqdi. Tilimiz rivoji yoʻlida masʼul boʻlgan yangi tuzilmalar tashkil etildi. Ona tili targʻibotiga oid nashrlar, lugʻatlarni chop etish ishlari yangicha bosqichga chiqdi.
– Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan bu kunni bobolarimiz yillar mobaynida orzu qilganlar, – dedi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodir Xolboʻtayev. – Jonajon tilimiz qadim ildizlariga ega. Keyingi yillarda uning taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Bugun erta tongdanoq ushbu muazzam xiyobonga oddiy odamlarning oqib kelishi Oʻzbek tili bayrami xalqimizning yuragidan oʻrin olgan bayramga aylanib borayotganidan, davlatimiz rahbari tomonidan ona tilimizni eʼzozlash borasida yaratilgan tizimning amaliy natijasidir.
Adiblar xiyobonida adabiy anjumanlar, sayllar, maʼrifiy gurunglar, bayram tadbirlari kun boʻyi davom etmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q