Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimining Oʻzbekiston fuqarosidan arizasini oʻzbek tilida yozishini soʻragan videosi tarqaldi. Unda ichki ishlar xodimi videoga olayotgan murojaatchidan arizani oʻzbek tilida yozishni talab qilgan. Oʻzbekcha gapirayotgan ayol esa buni istamagan. “Oʻzbekiston fuqarosimisiz? Nega oʻzbek tilini hurmat qilmaysiz?” degan xodim. Ushbu video tarmoq foydalanuvchilarining keng muhokamalariga sabab boʻlmoqda.
Ayrim izohlarda xodim qonun boʻyicha harakat qilmaganini, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisiga”gi Qonunga koʻra, ayolning boshqa tilda ariza yozishga haqqi borligini yozishgan.
“Lyuboy” tilda yozishlariga haqqi bor, arizani olmaslik ham jinoyat
Murojaat yaʼni ariza, shikoyat va taklif istalgan turda yozilishi mumkin. Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonunda aytilgan. Eng qiziq savol, hamma tashkilotda Davlat tilida ish yuritish va hujjatlarni Davlat tilida boʻlishini taʼminlash maqsadida til boʻyicha maslahatchi yoki xodim bor. Bu xodim nimaga kerak? Qonun xohlagan tilingda gapir desa? Meni haligacha bu sharmandalikni hazm qilolmayapman.
Sharmanda, qonun posboni rus tilini bilmasa. Qanaqa qilib institutda oʻqigan bular?
Ammo foydalanuvchilarning aksariyati xodimning haq ekani, uning harakatlari oʻzbek tilini va millatni sevishga misolligini aytib, olqishlashmoqda.
Yashang, oʻrtoq mayor, siz har taraflama haqsiz!
Rus tilida yozgan taqdirda oʻzbek tiliga “opustil” qilib olib kelishi kerak. Shunda qabul qilishga haqqi bor. Toʻgʻridan toʻgʻri rus tilidagi ariza boshqa hujjatlar boʻlsin taqdim qilsa, olmaslikka haqqi bor.
Baraka top, toʻppa toʻgʻri qildi, davlat tili oʻzbek tili boʻlgandan keyin oʻzbekcha yozish kerak.
Mana bu qahramonlik! Yaqin orada bunday yaxshi ishni koʻrmagandim.
Oʻzbek tilini nomusimizday himoya qilishimiz shart!
Ushbu ichki ishlar xodimini ota-onasiga rahmat. Shunday xodimlarimiz koʻpaysin!
MANA SHUNDAY VATANPARVAR, TILPARVAR MILITSIYA ZOBITLARI KOʻPAYSIN. BARAKALLA!!! OʻZBEK MILITSIYASIGA HURMATIM OSHDI. JUDA MADANIYATLI QILIB TUSHUNTIRYAPTI.
Rahmat sizga xodim! Millatning faxri boʻling!
Oʻzbekcha gapirib turgan ayol nega yozolmas ekan? Bu yerda IIB xodimining atay ustidan kulyapti va jigʻiga tegyapti, bu ayolning gapidan sezilib turibdi.
Oʻzbekiston fuqarosi boʻla turib oʻzbek tilini bilmaslik, oʻzbek tilida yozmaslik bu uyat, essiz umr.
(Izohlarning uslubi saqlangan)
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Hulkar
15:10 / 21.10.2023
Oʻzbek tilini nomusimizday himoya qilishimiz shart!