Jamiyat
“Oʻzbekiston temiryoʻllari” kompaniyasi matbuot kotibi Alisher Boltaboyevning Kun.uz nashriga maʼlum qilishicha, 20-oktabrdan oshirilishi kutilgan chipta narxlari qayta koʻrib chiqilmoqda. Narxlar bosqichma-bosqich koʻtarilishi mumkin.
“Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJning 3-oktyabrdagi xabariga asosan, bugun, 20-oktyabrdan tezyurar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarining chipta narxlari mos ravishda 50 va100 foizga oshirilishi kerak edi.
Biroq, kompaniya matbuot kotibi Alisher Boltaboyevning aytishicha, bu sanadan chipta narxlari oshirilmaydi. Ayni vaqt tashkilot stavkalarni qayta koʻrib chiqmoqda. Ammo hozircha chipta narxlari qachon va qanday qiymatda qimmatlashi aniq emas. Boltaboyevning soʻzlariga koʻra, jarayonda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarning qatnov narxlari 2 barobarga oshirilmasligi ham mumkin.
“Bu boradagi maʼlumotlar tasdiqlangach, tashkilotning oʻzi axborotni jamoatchilikka eʼlon qiladi”, degan AJ matbuot kotibi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q