Siyosat
Qozog‘iston hukumati 2023-2029 yillarda davlat tilini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, qozoq tili davlat xizmatlarining asosiy tiliga aylanadi. Hujjat matni mamlakat hukumati saytida e’lon qilindi.
“Konsepsiyani amalga oshirish jarayonida davlat xizmatchilariga qozoq tilini bilish majburiyatini yuklovchi talablar ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, davlat tili davlat xizmatining asosiy ish tiliga aylanadi”, deyiladi hujjat matnida.
Konsepsiyada KAZTEST tizimi bo‘yicha qozoq tilini B2 darajasida biladigan davlat xizmatchilarining ulushi 2029 yilda 50 foizni (2023 yilda esa bu ulush 35 foizni tashkil etadi) tashkil etishi kerakligi qayd etilgan. Davlat organlari va milliy kompaniyalarda davlat tilida hujjat aylanmasi ulushini 2029 yilda 94 foizga (2023 yilda – 91 foiz) oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Qozog‘iston hukumati 2029 yilda davlat tilida so‘zlashuvchi aholi ulushini 84 foizga (2023 yilda – 81 foiz), qozoq tilidagi teledasturlar ulushini 84 foizga oshirishni ko‘zlagan (2023 yilda 70 foiz). Respublikada va xorijda o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarda qozoq tilidan foydalanish ulushini 75 foizgacha (2023 yilda – 52 foiz) oshirish maqsad qilingan.
Qozog‘iston Konstitutsiyasining 7-moddasiga ko‘ra qozoq tili davlat tili. Shu bilan birga, davlat tashkilotlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida rus tili rasmiy ravishda u bilan teng qo‘llaniladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q