Jamiyat
Isroilda ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali janjallashgandan so‘ng 3 nafar voyaga yetmagan farzandini o‘ldirgan samarqandlik 36 yoshli erkakka umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Samarqand viloyatida 36 yoshli erkak 3 nafar voyaga yetmagan farzandini (2 ta qiz va 1 ta o‘g‘il) oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudida ko‘rib chiqilgan. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Davr” dasturida xabar berildi.
Erkakning aytishicha, qotillikka Isroil davlatida ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
“Xotinim „Yashamayman, bollarni olib oyimning uyiga olib borib qo‘y, meni erim bor“ dedi. Shundan keyin o‘zimni yo‘qotdim. Katta qizcham qo‘limda jon berdi, ko‘rib qo‘rqib ketdim. Dodladim, yig‘ladim, keyin turib o‘zimni pichoqladim. Shu bilan hushimdan ketdim va shifoxonada uyg‘ondim”, — degan erkak.
U sud hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v” va “j” bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi, ikki yoki undan ortiq shaxsni, o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirish) bilan aybli deb topilib, umrbod ozodlikdan mahrum qilingan.
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
109722
Jamiyat
94100
Jamiyat
89887
Jamiyat
73089
Jamiyat
//
Izoh yo‘q