Siyosat
Avval xabar berilganidek, shu kunlarda Rossiya Federatsiyasida xizmat safari bilan bo‘lib turgan Qahramon Quronboyev boshchiligidagi O‘zbekiston ishchi guruhi navbatdagi manzil – Moskvaga yo‘l oldi. Delegatsiya bu yerda Butunrossiya davlat kinematografiya universitetida oʻqiyotgan oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashdi.
Delegatsiya tarkibidagi sanʼatkorlar ishtirokida uyushtirilgan konsert dasturida har ikki xalq madaniyati namoyish etildi, oʻzbek talabalari ham chiqishlar qildi. Oʻzbekona milliy kuy-qoʻshiqlar, jumladan, “Andijon polka”si yangradi.
Shundan soʻng Qahramon Quronboyev, Minhojiddin Mirzo, Alisher Sa’dullayevdan iborat ishchi guruh Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi binosiga tashrif buyurdi va bir qator deputatlar bilan uchrashdi. Muzokaralar chogʻida har ikki tomon kelgusida oʻzaro madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q