Jamiyat
Qahramon Quronboyev boshchiligidagi guruh Sankt-Peterburg shahrida oʻz faoliyatini boshladi. Guruh oʻzbekistonlik vatandoshlarimiz, mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz hamda taʼlim olayotgan yoshlarimizning muammolari yechilib, takliflari yuzasidan muloqot olib borilmoqda.
Yurtdoshlarimizning mehnat huquqlarini rasmiylashtirish yuzasidan sayyor qabullar oʻtkazilib, ular uchun madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Sankt-Peterburg shahridagi qurilish obyektlarida mehnat qilayotgan 900 nafar oʻzbekistonlik vatandoshimiz bilan uchrashildi. Ular bilan oʻtkazilgan muloqot davomida taʼlim toʻlov-kontrakti, uy-joy, Oʻzbekistonda ishga joylashish, tadbirkorlik uchun kredit, qaytish uchun aviachipta kabi yordamlar boʻyicha 85 ta masalalarning 67 tasi mahalliy hokimliklar bilan bogʻlanilib uchrashuv joyida hal etildi.
“Meni qattiq taʼsirlantirgan holat yurtdoshlarimizning koʻpchiligi oʻz farzandlarining kelajagi uchun, ularning taʼlim olishlari uchun mehnat qilishyapti. Delegatsiya bilan qiyin ahvoldagi yurtdoshlarimizni vatanga qaytishida, farzandlarining kontrakt toʻlovlarini toʻlab berishda, huquqiy yordam uchun advokatlar xarajatlarini qoplab berishda koʻmaklashadigan boʻldik.
Umid qilamizki, uka-singillarimiz oʻz ota-onasining mehnatini qadrlab, yurtimiz uchun naf keltiradigan mutaxassislar boʻlib yetishadi. Ota-onaning mehrini, ularning biz uchun qilayotgan barcha ishlarini, har qanday sinovga tayyor ekanliklarini doim his qilishimiz zarur”, — deb yozadi Alisher Saʼdullayev oʻz Telegram kanalida.
“Kecha Samarada ertalab nonushta tayyorlab bergan qizimiz mehr va ibo bilan ”yoqimli ishtaha“ deganda bir quvongandim. Bugun Piterda oshxonadagi qizimiz “Assalomu alaykum” deb kutib oldi.
Ona tilimiz quyoshga oʻxshaydi, nuri qay yerga, qay dilga yetib borsa, oʻsha yerni yoritadi, taft beradi”, — deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q