Jamiyat
Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida yashovchi fuqaro ichimlik suvidan noqonuniy foydalanib, dehqon xoʻjaligini sugʻorib kelgani va “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ manfaatlariga katta zarar yetkazgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
“Oʻzsuvtaʼminot” AJning yozishicha, jinoyat ishlari boʻyicha Nishon tuman sudida shu tumanning Balxiyak qishlogʻida yashovchi Oʻ.A.ga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi koʻrib chiqilgan.
2010-yilda dehqon xoʻjaligi tashkil etgan fuqaro “Talimarjon—Muborak” magistral quvuriga (D-76 mm quvur) noqonuniy ulanib, ichimlik suvidan ekinlarni sugʻorib kelgan.
“Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida uning bu qilmishi fosh boʻlib, jamiyatga 282 million 716 ming 280 soʻm zarar yetkazgani aniqlangan.
Sud toʻplangan hujjatlar va tomonlarning koʻrsatmalarini oʻrganib, Oʻ.A.ga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi va sudlanuvchi sud zalidan qamoqqa olindi. Shuningdek, undan 282 million 716 ming 280 soʻm zarar undiriladigan boʻldi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q