Jamiyat
18-oktabr kuni Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Batorda Xorazmshohlar va Moʻgʻullar davlati aloqalari mavzusida birinchi oʻzbek-moʻgʻul konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Konferensiya davomida Moʻgʻulistondagi eng yirik milliy universitet bilan Oʻzbekistondagi 3 ta oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolangan. Maʼmun universiteti esa Moʻgʻuliston milliy kutubxonasidan foydalanish borasidagi kelishuvga erishishga yaqin.
“Moʻgʻulistondagi konferensiya biz uchun nihoyatda manfaatli boʻldi. Konferensiyada XIII asrning birinchi yarmida moʻgʻullar tomonidan Turkistondan sharqiy oʻlkalarga olib ketilgan asirlarning keyingi taqdiri haqidagi faraz, taxminlarimizning toʻgʻri ekanligiga ishonch hosil qildik. Bu borada tadqiqotlarimizda eʼlon qilamiz. Moʻgʻulistonlik doʻstlarimiz bilan kelgusidagi ishlarimizni rejalashtirib oldik. Safarimiz yuzasidan toʻliq maʼlumot va koʻrsatuvlarni tez orada eʼlon qilamiz. Ekspeditsiyamizga yordam bergan barchaga — qozogʻistonlik millatdoshlarimizga, moʻgʻul doʻstlarga minnatdorchilik bildiramiz”, — deyiladi Jaloliddin Manguberdi va Xorazmshohlar sulolasi bilan bogʻliq tadqiqotlar, yangiliklar berib boriladigan kanalda.

Shuningdek, kelgusi yil ikkinchi oʻzbek-moʻgʻul konferensiyasi Urganchda oʻtkazilishiga kelishib olingani qoʻshimcha qilingan.
Siyosat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112436
Jamiyat
95096
Jamiyat
91317
Jamiyat
76014
Jamiyat
//
Izoh yo‘q