Jamiyat
18-oktabr kuni “Oʻzbek tili – qalbim tarjimoni” respublika koʻrik-tanlovi final bosqichi gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbir Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi hamkorligida oʻtkazildi.
Tanlovda yurtimizning oliy taʼlim muassasalarida tahsil oladigan 450 ga yaqin xorijlik talaba ishtirok etdi va uch bosqichda oʻzaro bellashishdi. Tanlovning yakuniy bosqichiga 15 nafar xorijlik talaba yetib keldi.
Yakuniy natijaga koʻra:
1-oʻrin – Ruka Vatanabe (Yaponiya) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi;
2-oʻrin – Mayexva Gong (Janubiy Koreya) Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi;
3-oʻrin – Adnan Hussayn (Pokiston) Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi.
Ular I, II, III darajali diplom, bazaviy hisoblash miqdorining 40/30/20 baravari miqdorida pul mukofoti va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ishtirokchilar “Eng yaxshi oʻzbek tili targʻibotchisi”, “Oʻzbek tili – qalbim gʻururi”, “Men oʻzbek tilini yaxshi koʻraman” nominatsiyalari va ragʻbatlantiruvchi mukofotlar bilan eʼtirof etildi.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
109997
Jamiyat
94294
Jamiyat
90151
Jamiyat
73434
Jamiyat
//
Izoh yo‘q