Jamiyat
Olmaota va Chimkent shaharlarining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi xodimlari mahalliy mehnat qulligida ushlab turilgan 60 nafardan ortiq Oʻzbekiston fuqarosini ozod qildi. Bu haqda Polisia.kz'ga tayanib, “Xabar.uz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Aqtoʻbe shahrida yashovchi shaxs politsiyaga murojaat qilib, uning Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan ukasi Chimkentdagi gʻisht zavodida mehnat qulligidan qochgani va Olmaotaga yetib kelgani, biroq u oʻsha yerda nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻgʻirlab ketilgani haqida xabar berganidan soʻng tergov boshlagan.
“Xabar kelib tushgach, Olmaota Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi va Auezov tuman IIB xodimlari Chimkentga joʻnab ketishdi, u yerda uch nafar “ish beruvchi” qoʻlga olindi”, — deyiladi IIV xabarida.
Ikkita gʻisht zavodi hududini tintuv qilish chogʻida tezkor xodimlar 60 nafardan ortiq ishchilar borligi, ularning barchasi Oʻzbekiston fuqarolari ekani maʼlum boʻlgan.
Oʻtkazilgan tergov-surishtiruv ishlari davomida zavodga ishga taklif qilingan xorijliklarning hujjatlarini olib qoʻyishgani, oyliklarni bermay, vaqti-vaqti bilan jismoniy zoʻrlik ishlatib, oʻlim bilan qoʻrqitishgani aniqlangan.
Gʻisht zavodlari egalariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q