13 yoshli qizni zoʻrlagan sobiq Qoʻriqlash boʻlimi safdor-xodimiga sud hukmi oʻqildi

Saqlash
14:49 / 19.10.2023 980 0

2023-yil 18-oktabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Boʻstonliq tuman sudida Sh. Sh.ga (1993-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, Qibray tumani Qoʻriqlash boʻlimi safdor-xodimi, jinoyat sodir etilgan paytda ishsiz boʻlgan) oid jinoyat ishi ni koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Boʻstonliq tuman sudining sudyasi J. Xoʻjayev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqilgan.

Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq Sh. Sh. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//