Yuqori sinf oʻquvchilari uchun 4 ta yoʻnalishda tanlov fanlari belgilandi

Saqlash
14:39 / 19.10.2023 1107 0

Maktablarning 10 va 11-sinf oʻquvchilari uchun 4 ta yoʻnalishda tanlov fanlari belgilandi. Ushbu fanlar oʻquvchilarga chuqurlashtirib oʻqitiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.

Yoʻnalishlar quyidagicha:

- matematika-fizika;

- ona tili-chet tili;

- kimyo-biologiya;

- matematika-chet tili.

Hozir matematika-fizika yoʻnalishida 16 ta, ona tili-chet tili yoʻnalishida 51 ta, kimyo-biologiya yoʻnalishida 40 ta, matematika-chet tili yoʻnalishda 30 ta sinfda oʻquvchilar taʼlim olayotgani maʼlum qilindi.

Vazirlikka koʻra, 2024-2025-oʻquv yilidan oʻquvchilarning qiziqish va qobiliyatiga qarab yangi yoʻnalishlar tavsiya etilishi rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//