Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi yakunlandi

Saqlash
14:22 / 19.10.2023 899 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pekin shahriga boʻlgan amaliy tashrifi yakunlandi.

 

Tashrif chogʻida davlatimiz rahbari Xitoy Raisi Si Szinpin va Vyetnam Prezidenti Vo Van Txiong bilan muzokaralar oʻtkazdi.

 

Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi, ushbu mamlakatning yetakchi “Ameri International”, “CAMCE”, “China Energy”, “State Grid” korporatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

 

Oʻzbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga “Bir makon, bir yoʻl” uchinchi xalqaro forumiga kelgan delegatsiyalar rahbarlarini tantanali kutib olish marosimida ishtirok etdi.

 

Yubiley forumning ochilishida qatnashib, davlatimiz rahbari “yashil” taraqqiyot masalalariga bagʻishlangan yalpi sessiyasida nutq soʻzladi, Xitoy hamda “Makon va yoʻl” tashabbusining boshqa ishtirokchilari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

 

Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Prezident Toshkentga joʻnab ketdi. “Shoudu” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//