Jamiyat
Oʻzbekistonlik olima ayol 17 yillik izlanishlari natijasida yeryongʻoqning yangi “Lider” navini yaratdi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti professori, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori Maxfirat Amanova 17 yil davomida yeryongʻoqning yangi turini yaratish ustida bir qator ilmiy izlanishlar olib bordi. Izlanishlar samarasi oʻlaroq, olima yeryongʻoqning dunyo bozori va mahalliy dehqon fermer xoʻjaliklarining talablarini qondira oladigan ertapishar, serhosil, yirik qizil urugʻli, urugʻi tarkibida moy va oqsil miqdori yuqori boʻlgan “Lider” navini yaratishga va Davlat reyestriga kiritilishiga muvaffaq boʻldi.
“Lider” navli yeryongʻoq Amerika, Hindiston va Xitoy navlari bilan toʻliq raqobatlasha oladi. Qolaversa, ushbu nav hosildorligi 6,5 tonnani tashkil etishi ahamiyatlidir.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q