UzAuto Motors sotuvda yoʻq avtomobillarining narxini oshirdi

Saqlash
14:37 / 18.10.2023 1401 0

UzAuto Motors kompaniyasi bir qator ommabop avtomobillarning narxlarini oshirdi. Chevrolet.uz saytidagi yangilangan maʼlumotlarga koʻra, Lacetti, Damas, Labo va Cobalt modellariga narxlari 4,7 mln soʻmdan 9 mln soʻmgacha qimmatlashgan.

Qimmatlashgan komplektatsiyalarning yangi narxlari quyidagicha:

Lacetti L-Style Plus AT: 169 118 000 soʻm(eski narxi – 160 868 000 soʻm);

Damas D2 DLX Style Plus: 96 932 000 soʻm(eski narxi – 92 204 000 soʻm);

Labo LB2 Plus: 96 370 000 soʻm(eski narxi – 91 669 000 soʻm);

Cobalt GS-Style Plus MT: 119 542 000 soʻm(eski narxi – 113 711 000 soʻm);

Cobalt GX-Style Plus AT:141 181 000 soʻm (134 294 000 soʻm).

Eslatib oʻtamiz, kompaniya ommabop modellari sotuvini 8 oylik tanaffusdan keyin shu yil avgust oyi boshida qayta tiklagan, oʻshanda avtosalonlarda kuzatilgan ajiotaj fonida 50 mingdan ortiq avtomobil uchun shartnomalar bir sutka ichida tarqatib boʻlingani aytilgandi. Keyinroq 18-sentabr kuni qoʻshimcha shartnoma berish boshlangani xabar qilindi, biroq oradan 2 soat oʻtar-oʻtmas 28 mingta shartnoma tugagani, jarayon esa toʻxtatilgani maʼlum boʻldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//