Jamiyat
Hukumatning tegishli qarori loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 271-moddasiga tegishli qoʻshimchalarni kiritish taklif etilmoqda.
Loyihaga koʻra, mazkur modda 12 va 13-qismlar bilan toʻldirilib, unda:
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori yoki uni boshqargan shaxs toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmaganda;
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligiga doir maʼlumotlar jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni chiqarishga masʼul boʻlgan vakolatli shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan boʻlsa, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni boshlamaslik, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi belgilanmoqda.
Oʻz navbatida MJtKning 17-1-moddasi ham 5-qism bilan toʻldiriladi. Unda “maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan paytdan eʼtiboran 48 soat ichida yoʻl harakati qoidalari buzilganligiga doir maʼlumotlar jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni tuzishga vakolatli shaxsga yuborilmagan taqdirda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holat deb topilishi va maʼmuriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatilishi” koʻzda tutilyapti.
Qayd etilishicha, bugungi kunda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalarini belgilangan tartibda oʻrnatgan tadbirkorlar tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzish hodisalarini oʻz vaqtida yubormaslik holatlari yuzaga kelmoqda, ushbu holat esa fuqarolar tomonidan eʼtirozlar bildirilishiga olib kelmoqda.
Misol uchun, haydovchi oʻz transport vositasida yoʻl harakati qoidalarini buzmoqda va transport vositasini sotib yubormoqda, biroq sodir etilgan qoidabuzarlik toʻgʻrisidagi hodisa (maʼlumot) oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi sababli, jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ushbu transport vositasini sotib olgan shaxsga yuborilmoqda, bu esa oʻz navbatida fuqarolar tomonidan ushbu holat yuzasidan YHXXga eʼtiroz bildirishiga va shikoyatlar bilan murojaat qilishiga olib kelyapti.
Shunga asosan, fuqarolarga qulaylik yaratish va MJtKning 36-moddasida belgilangan talab oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash maqsadida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi hodisa jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni chiqarishga masʼul boʻlgan vakolatli shaxsga 48 soat ichida yuborish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q