Jamiyat
Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi. Bu haqda Oliy sud tomonidan ishlab chiqilib, muhokama uchun eʼlon qilingan qonun loyihasida koʻzda tutilgan.
“Huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida qayd etilishicha, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish holatlari koʻpayib bormoqda, bu esa oʻz navbatida, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarini koʻpayib borishiga, ularning isteʼmoliga voyaga yetmaganlarni keng jalb etish holatlari oshib borishiga olib kelmoqda.
Ushbu holatlar, mazkur qilmishlar uchun javobgarlikni qayta koʻrib chiqish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Shu munosabat bilan, qonun bilan taqiqlangan ekinlarni yetishtirish, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash hamda ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish, shuningdek, ularni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Xususan, 270-moddasida (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) belgilangan jinoyatni sodir etganlik uchun BHMning 35 baravaridan 60 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash koʻzda tutilmoqda. Amalda bu jinoyat uchun jarima miqdori BHMning 25 baravaridan boshlanadi.
Oʻsha harakat:
ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
oʻrtacha kattalikdagi ekin maydonida sodir etilgan boʻlsa, BHMning 60 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash belgilanmoqda. Amalda ushbu jinoyat uchun jarima miqdori BHMning 50 baravaridan boshlanadi.
Ushbu hujjat muhokamasi 27-oktabrgacha davom etadi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q