Jamiyat
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davom etmoqda.
Delegatsiya aʼzolari Samara viloyatida ushbu davlatda oʻqiyotgan va ishlayotgan oʻzbekistonlik yoshlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini oʻrganishmoqda.
Uchrashuvlarda oʻzbekistonlik vatandoshlarning koʻplab muammolari yechilib, takliflari qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Ishchi guruh Samara davlat yoʻllar universitetida taʼlim olayotgan 250 nafardan ortiq oʻzbekistonlik talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qildi. Muloqot davomida talaba-yoshlar taʼlimni Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish, toʻlov-kontraktlar, taʼlimni tugatayotgan yoshlar tomonidan munosib ish oʻrinlariga joylashish va boshqa masalalar boʻyicha murojaatlari joyida ijobiy hal etildi.
Maʼlumot oʻrnida, Samara viloyatidagi 25 ta oliy taʼlim muassasalarida 2 mingdan ortiq oʻzbekistonlik yoshlar tahsil oladi.
Respublika komissiyasi bungacha Novosibirsk va Tomsk viloyatlarida ham yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar oʻtkazgandi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q