Dam olish kunlari ob-havo qanday boʻlishi maʼlum qilindi

Saqlash
21:38 / 13.10.2023 26609 0

Oʻzbekistonda yogʻingarchiliksiz ob-havo dam olish kunlari ham saqlanib turadi. Bu haqda Oʻzgidromet agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uzoq muddat davom etgan quruq va nisbatan iliq ob-havodan soʻng 11−12-oktabr kunlari Oʻzbekiston hududiga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib keldi. Barcha joylarda yomgʻir yogʻdi, ayrim joylarda kuchli boʻldi, togʻli hududlarda qorga aylandi.

Baʼzi joylarda shamol tezligi kuchayishi kuzatildi. Havo keskin sovuqlashdi.

Juma kuni ertalab deyarli barcha joylarda yogʻingarchilik toʻxtadi va kun davomida respublika hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat Fargʻona vodiysida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

13-oktabr kuni kunduzi havo harorati +10…+15 daraja atrofida boʻladi. Shanba va yakshanba kunlari kechasi va ertalab harorat +3…+6 darajagacha pasayadi, kunduzi havo asta-sekin iliqlashadi va yakshanba kuni kunduzi havo +17…+20 darajagacha isiydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, 14−15-oktabrda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.

Harorat 13-oktabrda +10…+12 daraja, 14-oktabrda kechasi +4…+6 daraja, kunduzi +14…+16 daraja, 15-oktabrda kechasi +5…+7 daraja, kunduzi +17…+19 daraja boʻladi.

 

Oyina.uz'ni telegramda kuzating!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//