Jamiyat
Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakillari 11-oktabr kuni “Surxondaryo viloyatining Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish va kasbga tayyorlash boʻyicha imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasining ikkinchi bosqichi ishga tushirilishi munosabati bilan Termizga tashrif buyurdi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Loyihaning oʻzi 2022-yilda Surxondaryo viloyatida Afgʻoniston fuqarolari uchun yangi taʼlim imkoniyatlarini yaratish, yoshlar va ayollarga alohida eʼtibor qaratish maqsadida boshlangan edi. Yevropa Ittifoqi ushbu tashabbus uchun 1 mln yevro ajratdi, BMTTD esa uni amalga oshirmoqda.
Loyihaning ikkinchi bosqichi 400 nafar talabani mahalliy va jahon miqyosida, jumladan, Afgʻonistonda ham talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha oʻqitishni qoʻllab-quvvatlaydi. Eng yaxshi talabalar oʻqishni davom ettirishi, biznesni boshqarish koʻnikmalariga ega boʻlishi va oʻz gʻoyalarini real daromadga aylantirish uchun kichik grantlar sohibiga aylanishi mumkin.
“Yevropa Ittifoqi Afgʻoniston xalqini qoʻllab-quvvatlash tarafdori va biz Surxondaryo viloyatida vaqtincha istiqomat qilayotgan Afgʻoniston fuqarolarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston hukumati, Termiz shahridagi Afgʻoniston fuqarolari uchun taʼlim markazi va BMTTD bilan hamkorlikni davom ettirish imkoniyatidan mamnunmiz”, — deya taʼkidladi YIning Oʻzbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.
“Ikkinchi bosqich doirasida amalga oshirilayotgan tashabbus nafaqat afgʻon fuqarolariga qoʻshimcha taʼlim va kasb-hunar taʼlimi olish imkoniyatini beradi, balki shu orqali ularning turmush tarzini qoʻllab-quvvatlaydi, ularning Oʻzbekistonda boʻlishini yanada xavfsiz va barqaror qiladi”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q