Jamiyat
Oʻzbekistonda vokzal binolariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz kirishga ruxsat berildi. Bu haqda Transport vazirligi 12-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-apreldagi qaroriga asoslanib maʼlum qildi.
Hujjatga muvofiq, tashrif buyuruvchilar faqatgina vokzal binosiga pasportsiz kirishlari mumkin boʻladi. Yoʻlovchilar platformasiga — perronga yoʻlovchi poyezd chiptalariga ega boʻlgan yoʻlovchilar hamda harakatlanishi cheklangan bemor yoki keksa yoshdagi yoʻlovchilarni kuzatuvchi va kutib oluvchi fuqarolar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan oʻtishlari mumkin boʻladi.
Chiptalari yoʻq shaxslar, shuningdek, chiptada koʻrsatilgan maʼlumotlar yoʻlovchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlardagi maʼlumotlarga mos boʻlmagan fuqarolarning yoʻlovchilar platformasi-perronga va yoʻlovchi tashish vagonlariga kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112160
Jamiyat
94844
Jamiyat
90914
Jamiyat
75698
Jamiyat
//
Izoh yo‘q