Qashqadaryodagi perinatal markazda yosh bolali onalar polda yotgani rad etildi

Saqlash
21:07 / 12.10.2023 2297 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati perinatal markazida yangi koʻzi yorigan ayollar va chaqaloqlar yerda yotganligi aks etgan suratlar tarqaldi.

Mazkur holat viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari tomonidan tezkor oʻrganilgan. Oʻrganish natijalariga koʻra, xabarda taʼkidlangan maʼlumotlar asossiz. 2023-yil 11-oktabr kuni viloyat perinatal markazida 186 nafar homilador va koʻzi yorigan ayol mavjud boʻlgan.

200 oʻringa ega boʻlgan mazkur markazda shu kuni suratda aks etgan holat aslo kuzatilmagan (suratning qachon va qayerda olingani boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlar olib borilmoqda). Ayollar va chaqaloqlarning biron nafari ham yerda yotmagan, har bir ayolga zarur sharoitlar yaratilgan.

Homilador va tuqqan ayollar bilan suhbatlashilganda ham ushbu holat tasdiqlanmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//