Jamiyat
“Oʻzgidromet” 13-oktabr, juma kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +10...+12 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja boʻladi, baʼzi joylarda -1...-3 darajagacha boʻlishi mumkin, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +14...+19 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, togʻlarda baʼzi joylarda qorga aylanadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi +2...+7 daraja boʻladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q