Jamiyat
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Mirzo Ulugʻbek” onlayn maktabining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Onlayn maktab doirasida hozirda test-sinov tariqasida uchta togʻli va chekka hududdagi maktablar tanlab olingan. Bular Jizzax viloyati Forish tumani 7-sonli, Samarqand viloyati Qoʻshrabod tumani 70-sonli va Surxondaryo viloyati Denov tumani 62-sonli maktablardir.
Mazkur maktablarda yuqori sinf oʻquvchilari matematika va ingliz tili fanlaridan qoʻshimcha taʼlim oladi.
Ushbu onlayn maktabni tashkil qilishdan maqsad respublikaning chekka hududlari va togʻli joylarda taʼlim sifatini oshirish hamda ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Mazkur loyiha test-sinov jarayonida ijobiy natijalar olingandan soʻng respublikaning boshqa togʻli va chekka hududlaridagi taʼlim muassasalariga joriy etilishi rejalashtirilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q