Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 13-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida boʻladi.
Davlat rahbari matbuot xizmatiga koʻra, sammit tadbirlari davomida MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport, taʼlim, madaniyat va boshqa sohalarda qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.
Yigʻilish yakunida Hamdoʻstlik doirasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga doir qator bitim va qarorlarni qabul qilish koʻzda tutilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q